» » Angliya Xorvatiyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasi yarim finaliga chiqdi

Angliya Xorvatiyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasi yarim finaliga chiqdi


18-noyabr, yakshanba kuni Millatlar Ligasi musobaqasi guruh bosqichi doirasida Angliya terma jamoasi Xorvatiyani o‘z maydonida qabul qildi.

Uchrashuvda hisob 57-daqiqada Andrey Kramarich tomonidan ochildi. 78-daqiqada Jessi Lingard hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 85-daqiqada Harri Keyn xorvatlarning himoyadagi xatosidan unumli foydalanib jamoasining ustunligini ta’minladi. O‘yin 2:1 hisobida inglizlarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Angliya terma jamoasi A dizivizonidan Millatlar Ligasi musobaqasining yarim finaliga yo‘l oldi. Sautgeyt shogirdlari yarim finalga chiqqan ikkinchi jamoa bo‘ldi. Birinchi bo‘lib Portugaliya termasi yarim final yo‘llanmasini hal etgandi.

Xorvatiya terma jamoasi esa guruhda 3-o‘ringa tushib ketdi va B divizioniga ravona bo‘ldi.

Millatlar Ligasi

18-noyabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 57 Kramarich, 1:1 – 78 Lingard, 2:1 – 85 Keyn.

Angliya – Pikford, Stounz, Gomes, Chiluell, Delf (Lingard, 73), Barkli (Alli, 63), Dayer, Sterling, Uoker, Reshford (Sancho, 73), Keyn.

Xorvatiya – Kalinich, Lovren, Yedvay, Vrsalko (Milich, 26), Vida, Vlashich (Rog, 79), Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Brekalo, 46), Kramarich.

Ogohlantirishlar: Barkli (26), Yedvay (67), Brozovich (67), Lovren (89).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют