» » Ilon Mask Los-Anjeles ostidagi tunnelni qurib bitirdi

Ilon Mask Los-Anjeles ostidagi tunnelni qurib bitirdi


Ilon Maskning The Boring Company kompaniyasi Los-Anjeles (Kaliforniya) ostidan birinchi tunnelni o‘tkazdi, deb yozadi ForumDaily.

Kompaniya deyarli ikki yilda transport o‘tishi uchun yer ostidan 3,2 kilometr masofani qazib, tayyorladi.

Ish yakunlanganligi haqida Ilon Mask Twitter’dagi mikroblogida ma’lum qildi va tvitga qurilish yakunlangan joyda aylanayotgan rotor roligini joyladi.

Tunnel dastlab avtomobillar uchun mo‘ljallangan, biroq keyinroq Mask konsepsiyani piyodalar, jamoat transporti va velosipedchilar foydasiga o‘zgartirgan.

Tadbirkor tunnel 10-dekabrda ochilishini ma’lum qildi: u birinchi kuni tekin bo‘ladi, 11-dekabrdan kirish bir dollarga tushadi.

Vaqt o‘tishi bilan tunneldan tezyurar yo‘lovchi kapsulalari harakatlana boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют