» » Anjelina Jolining 15 yoshli o‘g‘li prodyuserlik qilmoqda

Anjelina Jolining 15 yoshli o‘g‘li prodyuserlik qilmoqda


Amerikalik aktrisa Anjelina Jolining 15 yoshli o‘g‘li Meddoks Joli-Pitt onasi suratga olayotgan filmga prodyuserlik qilmoqda. Bu haqda Metro nashri ma’lum qildi.

Jolining ma’lum qilishicha, aynan Meddoks uni ushbu loyiha bilan shug‘ullanishga ko‘ndirgan. Bir yil avval u aktrisaga amerikalik yozuvchi Lun Unning “Ular birinchi otamni o‘ldirishdi: Kambodja qizining xotiralari” kitobini ko‘rsatgan. Kitob “qizil kxmerlar” boshqaruvi davri haqida hikoya qiladi.

U ssenariyni o‘qidi, mulohazalari bilan yordam berdi, shuningdek, ishchi yig‘ilishlarda qatnashdi.

Anjelino Joli, Gollivud aktrisasi

Meddoks 2001-yilda Kambodjada dunyoga kelgan. Yetti oydan so‘ng Anjelina Joli uni farzandlikka olgan va AQShga olib kelgan. Keyinchalik ular bir necha marta Kambodjaga tashrif buyurgan.

1975-yilda “qizil kxmerlar” kommunistik harakati Kambodja hukumatini egallab olgan. Keyingi to‘rt yil ichida ular olib borgan qatag‘on tufayli mamlakat aholisining uchdan bir qismi halok bo‘lgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют