» » Millatlar Ligasi. Shveysariya Belgiyani tor-mor qildi, Gretsiya o‘z maydonida Estoniyaga yutqazib qo‘ydi

Millatlar Ligasi. Shveysariya Belgiyani tor-mor qildi, Gretsiya o‘z maydonida Estoniyaga yutqazib qo‘ydi


18-noyabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Angliya terma jamoasi o‘z maydonida JCh—2018 kumush medallari sohibi Xorvatiya bilan bahs olib borib 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Angliya o‘yin g‘olibi bo‘lgach A divizionida o‘z guruhining peshqadami sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shveysariya terma jamoasi esa JCh—2018 bronza medallari sohibi bo‘lmish Belgiya termasiga qarshi kurash olib borib, 5:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Qayd etish joiz, Shveysariya o‘yinning 17-daqiqasi boshlanganda Belgiyaga 0:2 hisobida (Torgan Azar dublga erishib bo‘lgandi) ortda borayotgandi. Biroq shveysariyaliklar iroda namoyish etib 5 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Haris Seferovich o‘yinda het-trik qayd etgan bo‘lsa, Rikardo Rodriges hamda Elvedi o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi.

Shu tariqa Shveysariya ham Portugaliya va Angliya singari Millatlar Ligasi musobaqasi yarim finaliga yo‘l oldi.

Yevro—2004 chempioni Gretsiya o‘z maydonida Estoniyaga qarshi bahs olib bordi va yakunda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Millatlar Ligasi

18-noyabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 2 Azar, 0:2 – 17 Azar, 1:2 – 26, penalti Rodriges, 2:2 – 31 Seferovich, 3:2 – 44 Seferovich, 4:2 – 62 Elvedi, 5:2 – 84 Seferovich.

Gollar: 0:1 – 57 Kramarich, 1:1 – 78 Lingard, 2:1 – 85 Keyn.

Gollar: 0:1 – 49 Shlager, 1:1 – 57 Evans, 1:2 – 90 Lazaro.

Gollar: 1:0 – 29 Salai, 2:0 – 37 Nad.

Gol: 0:1 – 44, avtogol Lambropulos.

Gollar: 1:0 – 58, penalti Ginsar, 1:1 – 70 Bensi.

Gollar: 0:1 – 8 Dragun, 0:2 – 53 Saroka.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют