» » Toshkentda o‘zbek-xitoy ilmiy-texnologik parki ishga tushiriladi

Toshkentda o‘zbek-xitoy ilmiy-texnologik parki ishga tushiriladi


Yaqin kunlarda poytaxtning Yunusobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda o‘zbek-xitoy ilmiy-texnologik parki ishga tushirilishi kutilmoqda. An’anaviy sharq davolash usullari asosidagi Xitoy tibbiyot markaziga bugunga kelib 20 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilgan bo‘lib, 300 ta ish o‘rni tashkil etilishi nazarda tutilgan. Bu markazning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda ham sharq tabobatining asrlar davomida sinovdan o‘tgan davolash uslublari, ham g‘arb tibbiyotining ilg‘or natijalaridan foydalaniladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bugunga kunga kelib dori preparatlarining 8 xil ko‘rinishdagi (tabletkalar, kapsulalar, suyuq ko‘rinishdagi va b.) turlarini ishlab chiqaradigan farmatsevtika zavodi qurib bitirildi. Zavod yuqori xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi va GMP (Good Manufacturing Practice – dori vositalari, tibbiyot uskunalari, diagnostika jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish me’yorlari, qoidalari va ko‘rsatmalarini mujassam etgan xalqaro tizim bo‘lib, ma’lum preparat yaratilganida belgilangan talablarga mos ravishda hamda mazkur preparatni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning talablari asosida preparat ishlab chiqarilishini ta’minlaydi) talablariga mosligi bilan ahamiyatga molik. Mazkur tibbiyot maskanining qurilishiga Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bay Chunli hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Biorganik kimyo instituti direktori Shavkat Solihov tamal toshlarini  qo‘yishgan bo‘lib, hozirda 6000 kv. km maydonli 4 qavatli tibbiy diagnostika markazining korpusi va uchta mehmonxona binolarining qurilishi yakunlanmoqda.

Zavod qurilishi import o‘rnini bosuvchi generik dorilarni ishlab chiqarish va ularning tannarxini arzonlashtirishga xizmat qiladi. Bu esa hududdagi kasalliklarni oldini olish va ularni davolashga mo‘ljallangan yangi original dori vositalardan foydalanish imkonini beradi. O‘z navbatida, ilmiy muassasalarda yaratilgan yangi dori vositalarni amaliyotga tatbiq etishda tajriba-sinov va texnologik reglamentlarni yaratish uchun amaliy yordam beradi. Farmatseftik kompaniyalarda ishlayotgan mahalliy texnik kadrlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish, zamonaviy diagnozlash jarayoniga xorijiy klinikalarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida konsalting xizmatlarini tashkillashtirish ham markaz oldiga qo‘ygan vazifalardandir. Shuningdek, klinika joylashgan hududda yashovchi, ijtimoiy qiynalgan 100 ta oilaga har yili 1 marta yengillashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish ham rejalashtirilgan.

Mazkur o‘zbek-xitoy ilmiy texnologik parki kadrlar tayyorlash va zamonaviy ilm-fan natijalarini amaliyotga jalb etishning o‘ziga xos platformasini shakllantirish orqali fan, ta’lim va ishlab-chiqarishning o‘zaro integratsiyalash natijasida o‘ziga xos namunaviy innovatsion klasterni yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют