» » “Yuventus”ning asosiy transfer nishonlari ma’lum bo‘ldi

“Yuventus”ning asosiy transfer nishonlari ma’lum bo‘ldi


Turinning “Yuventus” klubi yaqin transferlar oynasida o‘z tarkibini jiddiy kuchaytirishga bel bog‘lagan, deb yozadi Tuttosport.

Qayd etilishicha, Turin superklubi Pol Pogba (“Manchester Yunayted”), Aaron Remzi (“Arsenal”) hamda Adriyen Rabyo (PSJ) kabi futbolchilardan birini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Rabyo va Remzi kelayotgan mavsum so‘nggida erkin agent maqomini oladi. Shuning uchun ulardan birining amalga oshish ehtimoli yuqori.

Bundan tashqari “Yuventus” “Tottenhem”dan Kristian Eriksenni sotib olish imkoniyatlarini o‘riganib chiqmoqda. Eriksenning London klubi bilan shartnomasi 2020-yil yozida yakuniga yetadi va hozirda tomonlar shartnomani uzaytirish borasida shoshilayotganicha yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют