» » Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamarini himoya qildi

Azizbek Abdug‘ofurov WBC Silver kamarini himoya qildi


Professional ringda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Azizbek Abdug‘ofurov 18-noyabr sanasida Filippinda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Jangda Azizbekka xitoylik Vujati Nuyerlang raqiblik qildi. Bahs to‘liq 12 raund davom etdi va yakunda Abdug‘ofurov ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi (117:111, 118:111, 117:110).

Ushbu g‘alaba orqali Abdug‘ofurov o‘zining WBC Silver kamarini himoya qildi.

Ma’lumot uchun, Azizbek Abdug‘ofurovning professional boksdagi janglari soni bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 12 taga yetdi. U janglarining barchasida g‘alaba qozongan. To‘rtta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan.

Nuyerlang esa faoliyatidagi 13-jangini o‘tkazdi. U bungacha 11 marotaba raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan (9 tasida nokat evaziga). Abdug‘ofurovga qarshi jangda u faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют