» » Saratovda 5 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan YTHni sodir etgan haydovchi hibsga olindi

Saratovda 5 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan YTHni sodir etgan haydovchi hibsga olindi


Saratovda 5 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan yuk poyezdi bilan to‘qnashuvni sodir etgan avtobus haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qildi.

“Haydovchi qo‘lga olingan. Hozirda hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganishga qaratilgan zarur tergov harakatlari olib borilmoqda”, — dedi Irina Volk.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Chimkent—Voronej yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobusning 61 yashar haydovchisi temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalarini buzgan. Buning oqibatida 5 kishi —O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan, ikki kishi — Qozog‘iston fuqarolari (jumladan, haydovchining o‘zi ham) jarohatlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют