» » Navoiyda 50 yoshli o‘g‘il uyni nomiga o‘tkazib berishni talab qilib 78 yashar onasini kaltakladi

Navoiyda 50 yoshli o‘g‘il uyni nomiga o‘tkazib berishni talab qilib 78 yashar onasini kaltakladi


Navoiy shahrida 78 yashar onasiga qo‘l ko‘targan 50 yoshli fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Navoiy shahrilik J. K. o‘g‘rilik jinoyati uchun yaqinda sudning qora kursisida o‘tirgan edi. O‘shanda oilaviy sharoiti, salomatligi inobatga olinib, sud ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazo hukmini chiqargan.

Bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan J.K. spirtli ichimlik ta’sirida yana bir jinoyatni sodir etdi. U 78 yoshli onasini “uyni mening nomimga o‘tkazib berasan”, deb urib, tan jarohati yetkazdi.

Sud J.K.ga nisbatan bu gal ham insonparvarlik namunasini namoyish etdi. Uning og‘ir xastaligi inobatga olinib, ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют