» » Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat mudofaa vaziri lavozimiga kirishdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat mudofaa vaziri lavozimiga kirishdi


Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat mudofaa vaziri lavozimiga kirishdi, deb yozadi “TASS”.

“Men birinchi marta mudofaa vaziri lavozimiga kirishmoqdaman va bu ishga davlatning xavfsizlik sohasidagi siyosatiga qaratilgan ko‘plab tanqidlar bor bo‘lgan bir paytda qo‘l urayotganimdan xabardorman”, — dedi u o‘z telemurojaatida.

Netanyaxu mamlakatning xavfsizlik sohasidagi vaziyat tufayli muddatidan avvalgi saylovlarni o‘tkazib, “hukumatni buzish” kerak emasligini aytdi.

Isroilning avvalgi mudofaa vaziri Avigdor Liberman G‘azo sektorida falastinlik jangarilarga qarshi jangovar harakatlarning to‘xtatilishiga norozilik bildirgan holda iste’foga chiqishini 14-noyabr kuni e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют