» » Amerikalik biznesmen nochor talabalar ta’lim olishi uchun qariyb 2 mlrd dollar xayriya qildi

Amerikalik biznesmen nochor talabalar ta’lim olishi uchun qariyb 2 mlrd dollar xayriya qildi


Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg nochor talabalarga ko‘mak berish uchun Jon Xopkins universitetiga 1,8 milliard dollar xayriya qildi. Bu haqda u New York Times’ning tahririyat kolonkasida ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

“Talabalarning to‘lov qobiliyatiga asoslangan holda o‘qishga qabul qilinmasligi tenglik imkoniyatlarini barbod qiladi… Bu jamiyatning har qanday tabaqasidagi har bir odam o‘z intilishlariga yarasha ko‘tarilish imoniyatiga egaligi haqidagi amerikacha orzuning qoq yuragiga zarba beradi”, — deb yozdi Blumberg.

Uning ayni paytda alohida shaxs tomonidan ajratilgan eng yirik xayriya deb hisoblanilayotgan hadyasi Baltimordagi universitetga o‘z talabalariga yordam savatini ancha kengaytirish va ular tomonidan kreditlar olinishi zaruriyatini bartaraf qilish imkonini berishiga umid bildirdi.

Blumbergning o‘zi Jon Xopkins universitetini 1964-yilda tamomlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют