» » Erdo‘g‘onning maslahatchisi: “Frot qalqoni” operatsiyasi Manbijni qo‘lga kiritish bilan yakunlanadi

Erdo‘g‘onning maslahatchisi: “Frot qalqoni” operatsiyasi Manbijni qo‘lga kiritish bilan yakunlanadi


Turkiya prezidentining maslahatchisi Ilnur Chevik mamlakatning Suriyadagi operatsiyasi Manbij qo‘lga kiritgandan so‘ng yakunlanishini ma’lum qildi.

Bu haqda u Sabah gazetasi va Turkiya hukumatining axborot va matbuot boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.

“Manbij hududining 85 foizga yaqini va uning yon-atrofi Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari tomonidan nazorat qilinmoqda. Turkiya arab aholisini Manbijga qaytarish va uni kurd jangarilaridan tozalash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Manbij qo‘lga kiritilgandan keyin, Turkiya Suriya hududidagi operatsiyasini to‘xtatadi”, — deydi prezident maslahatchisi.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ham Manbij shahrini ozod qilish zarurligini ta’kidlagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют