» » Filadelfiyada yahudiylar qabristoni tahqirlandi. Musulmonlar uni qayta tiklashga yordam berdi

Filadelfiyada yahudiylar qabristoni tahqirlandi. Musulmonlar uni qayta tiklashga yordam berdi


Filadelfiyadagi yahudiylar qabristonida 100 ga yaqin qabrtoshlar ag‘darib tashlandi, ularning ba’zilari sinib ketdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Police estimate 75-100 headstones toppled at Mount Carmel Jewish cemetery in Philly. pic.twitter.com/CrxtfGv2cd

— Stephanie Farr (@FarFarrAway) February 26, 2017

Yahudiylar qabristonini qayta tiklash ishiga musulmonlar jamoasi ham yordam qo‘lini cho‘zdi. Faol Tariq al-Massidiyning aytishicha, u qabristonga kelgan vaqt, boshqa bir guruh musulmonlar qabrtoshlarni ko‘tarishga yordam berayotgan edi.

Tariq al-Massidiy bir hafta avval Sent-Luisdagi zarar yetkazilgan yahudiylar qabristonini qayta tiklash uchun xayriya pullarini to‘plash bilan shug‘ullangan edi. U keragidan ancha ortiq pul — 130 ming dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Shunda Tariq pulning bir qismini Filadelfiyadagi qabristonning qayta tiklash uchun yo‘naltirishni taklif qilgan.

“Men barcha musulmonlarni yahudiy birodarlarimiz va opa-singillarimizga yordam qo‘lini cho‘zishga chaqiraman”, — deb yozdi al-Massidiy Facebook’dagi sahifasida.

Mavzuga doir: AQShda yahudiylar qabristoni tahqirlandi. Musulmon faollar bu qabristonni qayta tiklash uchun pul to‘pladi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют