» » Sherzod Kudbiyev norasmiy band fuqarolar uchun patent kiritilishi masalasiga oydinlik kiritdi

Sherzod Kudbiyev norasmiy band fuqarolar uchun patent kiritilishi masalasiga oydinlik kiritdi


O‘zbekiston O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlaridan joriy etilayotgan yangiliklarni to‘g‘ri talqin etishni so‘radi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Shu kunlarda ayrim internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy band fuqarolar uchun patent kiritilishi masalasi turlicha talqin etilmoqda va bu ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Patent joriy etishdan asosiy maqsad nima? Hozirda norasmiy band fuqarolar ijtimoiy jihatdan himoya qilinmagan. Qonunchilikda kelgusida ularning pensiya olishini ko‘zda tutuvchi normalar mavjud emas. Gap faqat shu haqda ketmoqda. Ularga ham pensiya olish huquqini taqdim etmoqchimiz. Agar ular xohlasa shu summani to‘lasin, xohlamasa to‘lamasin. Hamma narsa hozirgidek qoladi. Hech kim hech kimni biron narsa qilishga majburlamaydi. Biroq norasmiy band fuqarolar, mehnat muhojirlari kelgusida davlatdan nafaqa olishni istasa, ularda patent pulini to‘lab ushbu imkoniyatdan foydalanish imkoni bor. Biz norasmiy band fuqarolarga nafaqa olish huquqini berish niyatidamiz. Bo‘ldi. Biroq, ayrim ommaviy axborot vositalari buni noto‘g‘ri talqin qilmoqda va xalqqa noto‘g‘ri axborot yetkazmoqda. Jumladan, Ozodlik, Sputnik kabi nashrlarda ushbu masala yuzasidan xabarlar chop etilganidan so‘ng, internet foydalanuvchilari davlatni mardikorlarni ham soliqqa tortishga urinishda ayblamoqda. Shuning uchun jurnalistlardan yangiliklarni to‘g‘ri talqin qilishni so‘rayman.

Sherzod Kudbiyev, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

Mavzuga doir: O‘zbekiston Mehnat vazirligi: norasmiy band fuqarolar uchun patent kiritilishi hali muhokama qilinmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют