» » O‘zbekiston davlat bayrog‘idan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin

O‘zbekiston davlat bayrog‘idan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin


“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi O‘zbekiston davlat bayrog‘idan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda. Partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini tayyorlagan. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.

Partiya qonunchilikdagi davlat bayrog‘idan va uning tasviridan foydalanishdagi muayyan cheklovlarni olib tashlash taklifini ilgari surmoqda. Unga ko‘ra, jahon tajribasidan namuna olgan holda (ko‘plab mamlakatlarda fuqarolar davlat bayrog‘idan erkin foydalana oladi), O‘zbekiston fuqarolariga davlat bayrog‘idan hamda uning tasviridan foydalanish imkoniyati berish ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasida davlat bayrog‘ini maydonlar, binolar, xonalar va transportlarda (unga nisbatan zarur hurmatni ta’minlash sharti bilan) o‘rnatish, ko‘tarish hamda davlat bayrog‘i tasviridan foydalanish mumkinligi aytilgan.

Shuningdek, davlat bayrog‘i va uning tasviridan tijorat maqsadlarida ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni ilgari surish uchun (davlat bayrog‘i qadr-qimmatiga putur yetkazmagan holda) foydalanish imkoniyatini berish taklif etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют