» » Ekspertlar O‘zbekistonga sayyohlik oqimlari kamligi sababini aniqladi

Ekspertlar O‘zbekistonga sayyohlik oqimlari kamligi sababini aniqladi


O‘zbekistonda rossiyalik sayyohlar oqimi 1,3 marta ko‘paygani aytilmoqda, ammo Rossiya turoperatorlari va rasmiy statistika bunday dinamikani qayd etmayapti, deb yozadi “RIA Novosti”.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov mamlakat sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlab Novosibirskda o‘tkazilgan taqdimotda O‘zbekiston 2018-yilning yanvaridan sentabrigacha 350 ming rossiyalik turistni qabul qilgani, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 marta ko‘p ekanligini ma’lum qilgan edi.

Biroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilning uch choragi davomida O‘zbekistonga jami chiqish turistik oqimi 128 808 kishini, turizm maqsadidagi oqim esa — 27 158 kishini tashkil qildi (yillik hisobda 25,9 foizga ko‘p).

“Ayni paytda O‘zbekiston reklama yo‘qligi tufayli, sayyohlik yo‘nalishi sifatida ko‘pchilik turistlarga ma’lum emas. Ikkinchi omil tashuv hisoblanadi: aviaparvoz ancha qimmat, tariflar 18 mingdan boshlanadi, temir yo‘l bilan safar esa uzoq davom etadi va noqulay”, — deydi milliy yirik turoperatorlardan birining ekspertlari.

Turoperatorlar ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yo‘nalishida bugungi kunda faqat ekskursiya turlari talabgirdir. Ushbu mamlakatdagi hordiqning boshqa turlari sayyohlarni ko‘p qiziqtirmaydi, bu esa ushbu mahsulotlar haqidagi ma’lumotning yo‘qligi bilan bog‘liq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют