» » Prezident maktablarida matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi

Prezident maktablarida matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi


Prezident maktabi dastlab Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridaso‘ng mamlakatning boshqa hududlarida ham ochiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

Vazir soha mutasaddilariga maktabni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

“Prezident maktablarining asosiy maqsadi mamlakatning har bir viloyatida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning rivojlanishiga kerakli sharoitlar yaratishdir”, — dedi Xalq ta’limi vaziri. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur maktab bitiruvchilari kelajakda mamlakat rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishi kerak.

Vazirning aytishicha, Prezident maktablari STEAM — Science (fan), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at) va Mathematics (matematika)) fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi.

Ya’ni, Prezident maktablarida matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi.

“Prezident maktablarida o‘quvchilarni tanlash va ta’lim sifatini ta’minlash uchun ularni xorijlik mutaxassislar boshqaradi. Shu bilan birga, maktabga malakali xorijlik hamda mahalliy pedagoglar jalb etiladi va ularning faoliyatiga kerakli shart-sharoitlar yaratiladi”,  dedi Shermatov.

Vazirning qayd etishicha, hozirda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Prezident maktablari faoliyati va o‘quvchilarni qabul qilish masalalarini tartibga soluvchi kerakli me’yoriy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu hujjatlar o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar va qabul qilish jarayonini belgilab beradi.

“Fursatdan foydalanib, xorijlik mutaxassislar va xorijda ishlayotgan yurtdoshlarni ushbu loyihada ishtirok etish va O‘zbekiston ta’lim tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shishga chaqiraman”,  dedi vazir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют