» » Buxoroda shahar kutubxonasi o‘rnida Davlat xizmatlari agentligi ishga tushirildi

Buxoroda shahar kutubxonasi o‘rnida Davlat xizmatlari agentligi ishga tushirildi


19-noyabr kuni Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining binosi foydalanishga topshirildi. Boshqarma Abulqosim Firdavsiy nomidagi Buxoro shahar davlat kutubxonasi o‘rnida tashkil etildi, deb yozadi Turon24.

Mazkur ikki qavatli inshoot 1 764 metr kvadrat maydonni egallagan bo‘lib, rekonstruksiya va qurilish ishlari uchun mahalliy budjet hisobidan 19 milliard so‘m sarflandi. Bu yerda aholiga 88 ta qabul oynasi orqali 100 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Binoda Buxoro shahar davlat xizmatlari markazi va shahar “Xalq qabulxonasi” ham joylashgan. Majmua ichida ona va bola xonasi, tibbiyot xonasi, kutish zallari, davlat bojini to‘lash uchun maxsus kassa mavjud. Davlat xizmati jarayoni va navbat ro‘yxatini namoyish etadigan monitorlar, naqd pul yechib olish mumkin bo‘lgan bankomat ishlab turibdi.

Agentlikning viloyat boshqarmasi direktori Xalilullo To‘raxo‘jayevning aytishicha, yaratilgan bunday sharoitlar yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli, tezkor, shaffof bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Agentlikning viloyat boshqarmasiga tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, milliy haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini taqdim etish, tug‘ilganlikni qayd etish kabi xizmat turlari bo‘yicha eng ko‘p murojaatlar kelib tushmoqda.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi Buxorodagi ushbu majmua uchun Isuzu rusumli avtobus sovg‘a qildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot kutubxona-markazi direktori Sadriddin Sharofovning aytishicha, Firdavsiy nomidagi Buxoro shahar davlat kutubxonasi Buxoro davlat universitetiga ko‘chirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют