» » Namanganning Norin tumani ichki ishlar idorasida 35 metrli davlat bayrog‘i o‘rnatildi (foto)

Namanganning Norin tumani ichki ishlar idorasida 35 metrli davlat bayrog‘i o‘rnatildi (foto)


Namangan viloyatining Norin tumani ichki ishlar bo‘limida balandligi 35 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Murod Hakimov ma’lum qildi.

— Bayroq 18-noyabr — davlat bayrog‘i qabul qilingan sananing 27 yilligi nishonlangan kuni IIB maydonida ko‘tarildi. Bayroq uchun turli fasllarga mo‘ljallangan mato tanlangan, tunda yoritib turish uchun chiroqlar bilan bezatilgan. Kelgusida bu yerda xizmat vaqtida halok bo‘lgan ichki ishlar organi xodimining monumentini o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan, — deydi Murod Hakimov.

Davlat bayrog‘i ustuni Namangan shahridagi “Mexmash” korxonasi, mato esa tuman kommunal xizmat idorasi xodimlari tomonidan tayyorlandi. Uning o‘lchami 12 ga 6 metrni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, joriy yil avgust oyida Namangan shahrining Islom Karimov va “G‘irvonsoy” ko‘chalari kesishmasida balandligi bo‘yicha Toshkentdagidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadigan O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgandi. Ushbu bayroqning balandligi ham 35 metrdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют