» » NASA XKSga navbatdagi ekipajni jo‘natishga tayyorligini ma’lum qildi

NASA XKSga navbatdagi ekipajni jo‘natishga tayyorligini ma’lum qildi


NASA va “Roskosmos” “Soyuz-FG” raketasi avariyasining barcha tafsilotlarini o‘rganib chiqdi, ikkala kosmik tashkilot ham Xalqaro kosmik stansiyaga navbatdagi ekipajni jo‘natishga tayyor. Bu haqda NASA tomonidan amalga oshirilayotgan pilot dasturi rahbarining o‘rinbosari Uilyam Gerstenmayerga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Gerstenmayerning aytishicha, bu masala yuzasidan bir necha marta uchrashuvlar o‘tkazilgan, ma’lumotlar almashilgan. Ikki tomondan ham navbatdagi ekipajni jo‘natish uchun barchasi tayyor.

Zamonaviy Rossiya tarixidagi birinchi kosmonavtik halokat joriy yilning 11-oktabrida yuz berdi. “Soyuz-FG” raketa eltuvchisi XKSning yangi ekipaji bo‘lgan “Soyuz MS-10” kosmik kemasini orbitaga olib chiqa olmadi, biroq kosmonavtlar uchirilgan kemada Yerga qaytib tushishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют