» » PROlogue xalqaro kinofestivali uchun 31 ta film saralab olindi

PROlogue xalqaro kinofestivali uchun 31 ta film saralab olindi


PROlogue IV xalqaro kinofestivalining saralash komissiyasi 280 ta film orasidan 31 tasini tanlab oldi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Festivalning asosiy tanlov bosqichida 8 ta to‘liq metrajli badiiy film, jumladan, O‘zbekiston va Qozog‘iston kinoijodkorlarining “Sarvqomat dilbarim” kartinasi ishtirok etadi.

Qisqa metrajli filmlar tanloviga 14 ta film saralab olindi. Ular orasida o‘zbekistonlik rejissyor Dilshoda Abdurahimovaning “Qulun” filmi bor.

Shuningdek, qisqa metrajli milliy filmlar tanlovida 9 ta kartina qatnashadi.

Kinofestivalning tanlov dasturida ishtirokchilar qisqa va to‘liq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi hamda qisqa metrajli milliy badiiy filmlar tanlovi yo‘nalishlarida bellashadi.

Ma’lumot uchun, PROlogue IV xalqaro kinofestivali 27—30-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют