» » Spark va Nexia Rossiyada eng arzon avtomobillar reytingidagi o‘rnini o‘zgartirmadi

Spark va Nexia Rossiyada eng arzon avtomobillar reytingidagi o‘rnini o‘zgartirmadi


Ravon R2 (Spark) va Nexia Rossiyada eng arzon avtomobillar reytingidagi o‘rnini o‘zgartirmadi. Bu haqda “Carweek.ru” nashriga tayanib, “Turon 24” xabar berdi.

Mazkur reytingda Spark avtomobili uchinchi o‘rinni egallagan. Uning narxi 489 ming rublni (7,335 dollar) tashkil etadi.

Reytingning oxirgi beshinchi o‘rnini Nexia avtomobili egallagan bo‘lib, uning narxi 499 ming rubldan ( 7485 dollar) iborat.

Qayd etish joizki, O‘zbekistonda Spark avtomobilining narxi 7,8 ming dollar, Nexia avtomobilining narxi esa 8,900 dollar hisoblanadi.

Rossiyadagi eng arzon avtomobillar reytingining birinchi o‘rnini Xitoyning Brilliance H230 markali avtomobili egalladi. Ushbu avtomobilning narxi 459 ming rublni (6,885 dollar) tashkil etadi.

Joriy yilning iyun oyidan boshlab Ravon avtomobillarini Rossiya bozorlariga yetkazib berish to‘xtatilgandi. GM Uzbekistan kompaniyasi bu holatga “narx siyosatini qayta ko‘rib chiqish” deya izoh bergan.

Biroq oktabr oyining oxirida GM Uzbekistan Rossiya bozoriga avtomobillarni yetkazib berishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Dilerlik markazlarining ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobillarning narxlari 70 foizdan ko‘proqqa qimmatlashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют