» » O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi eksport bo‘yicha murojaatlarni 24 soat davomida qabul qilish tartibini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi eksport bo‘yicha murojaatlarni 24 soat davomida qabul qilish tartibini yo‘lga qo‘ydi


Tashqi savdo vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning eksport mavzusidagi murojaatlarini tunu kun qabul qilish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu qaror tashqi savdo sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganini inobatga olgan holda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va kompaniyalarga tezkor va sifatli qo‘llab-quvvatlash xizmatini ko‘rsatish maqsadida qabul qilindi.

Kunduzgi ish vaqtida murojaatlar vazirlik kotibiyati, kechki paytda esa navbatchi xodimlar tomonidan qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar-noyabr oylarida vazirlik tomonidan 179 ta, jumladan, jismoniy shaxslardan 130 ta, yuridik shaxslardan 49 ta murojaat ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют