» » O‘zbekistonda is gazini aniqlovchi yangi qurilma yaratildi

O‘zbekistonda is gazini aniqlovchi yangi qurilma yaratildi


O‘zbekistonda is gazini aniqlovchi yangi qurilma yaratildi. Bu haqda Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan anjumanda ma’lum qilindi, deb yozadi “Xalq so‘zi Online”.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kuz-qish mavsumida aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.

Anjumanda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yaratilgan qurilmaning afzalliklar xususida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

“Ushbu qurilmani Namangan viloyatida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Qurilmaning afzallik jihatlari ko‘p. Misol uchun, u xonadonning maxsus isitish tizimiga o‘rnatiladi. Agarda uyda biror sabab bilan metan, propan va boshqa is gazlari chiqadigan bo‘lsa, qurilma ishga tushib, uni aniqlab beradi hamda signal chala boshlaydi”,  — deydi “Aholini is gazidan zaharlanish va yong‘inning oldini olish” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Husanboy Yunusov.

Yana bir foydali tomoni shundaki, agarda xonadonda is gazi paydo bo‘lgan paytda uyda hech kim bo‘lmasa, qurilma gazni tarmoqdan avtomatik ravishda o‘chiradi. Qurilma elektr energiyaga ulangan holda ishlaydi. Shu orqali u elektr quvvatini o‘zida jamlaydi. Bu esa qurilma elektr energiyasi tizimdan uzilgan hollarda ham 24 soat ishlab turish imkonini beradi.

Mutaxassislarning aytishicha, ayni paytda qariyb mingga yaqin ana shunday qurilma ishlab chiqarilgan bo‘lib, dastlab 20 tasi Toshkent shahar IIBB obyektlariga o‘rnatilgan. Kelgusida uni aholi xonadonlarida ham foydalanish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. Qurilmaning o‘rtacha narxi 195 ming so‘m atrofida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют