» » Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha pul-kredit instrumentlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi

Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha pul-kredit instrumentlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi


Pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tijorat banklariga likvidlik berish hamda ulardan likvidlikni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha pul-kredit instrumentlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar berdi Spot.

Ushbu qarorga muvofiq, Markaziy bank tomonidan quyidagi operatsiyalarni bosqichma — bosqich amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilmoqda:

Dastlabki bosqichda depozit va kredit auksionlari hamda doimiy tusdagi kredit berish operatsiyalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Keyingi bosqichda doimiy tusdagi 1 xaftalik o‘zgarmas foiz stavkasida depozitga jalb qilish operatsiyalari yo‘lga qo‘yiladi.

Auksion savdolari orqali operatsiyalarni o‘tkazishda asosiy e’tibor, banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarini pul-kredit siyosatining maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishiga qaratiladi.

Markaziy bankning obligatsiyalari bank tizimida likvidlikning barqaror tarkibiy profitsiti vujudga kelgan holatlarda muomalaga chiqariladi.

Markaziy bank depozit va kredit auksionlarini o‘tkazish bo‘yicha oldindan e’lon berib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют