» » DSQda Hindiston delegatsiyasi bilan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari faoliyati muhokama etildi

DSQda Hindiston delegatsiyasi bilan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari faoliyati muhokama etildi


Davlat soliq qo‘mitasida Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi, VisionCraft va Securitarian kompaniyalari vakillaridan iborat Hindistonning delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muzokaralar davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini boshqarish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Tomonlar axborot xavfsizligini ta’minlash, IT-mutaxassislar malakasini oshirish borasida tajriba almashish muhimligini qayd etdi.

Hamkorlikni muhim yo‘nalishi sifatida ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida manbalarni ko‘rib chiqish va tahlil qilish tezligini oshirish, bevosita ushbu markazlarda ishlovchi mutaxassislarni o‘qitish, qo‘shimcha soliqqa tortish bazasini aniqlash uchun yagona muassasalararo platformani ishlab chiqish belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют