» » Putin AQShning raketa bo‘yicha shartnomadan chiqishiga javob qaytarish bilan tahdid qildi

Putin AQShning raketa bo‘yicha shartnomadan chiqishiga javob qaytarish bilan tahdid qildi


Rossiya AQShning O‘rta va kichik masofali raketalar to‘g‘risidagi shartnoma (O‘KMRSh)dan chiqishini javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

“Yana bir bora ta’kidlayman: biz ushbu asosiy masala bo‘yicha amerikalik sheriklarimiz bilan muzokaralar olib borishga tayyormiz va ular bunga to‘la mas’uliyat bilan yondashadi, deb umid qilamiz. Chunki AQShning ushbu shartnomadan chiqish haqidagi qarori, shubhasiz, biz tomonimizdan javobsiz qolishi mumkin emas, va qolmaydi ham”, — dedi u.

Putin Rossiya armiyasida har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yenga oladigan gipertovushli qurol borligini eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva uni Vashington raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha shartnomadan bir tomonlama tartibda chiqqanidan keyin ishlab chiqishga majbur bo‘lgan. Shu munosabat bilan Rossiya yetakchisi mamlakat o‘zini qurollanish poygasiga aralashtirishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют