» » “Toshkent — Chimkent” va “Toshkent — Chimyon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari qurilishi mumkin

“Toshkent — Chimkent” va “Toshkent — Chimyon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari qurilishi mumkin


Toshkent shahar hokimligida Xitoyning China Railway 14th Bureau Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda poytaxtda ikki yo‘nalish bo‘yicha pullik avtomobil yo‘llari qurish masalasi ko‘rib chiqildi.

Xususan, hokimlik tashabbusi bilan “Toshkent – Chimkent” (chegara postigacha) va “Toshkent – Chimyon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari qurish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda qurilish sohasida Xitoy metodikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Хitoylik mutaxassislar yordamida quruvchilar tayyorlashi uchun shahardagi to‘rtta professional kollej bazaviy o‘qish maydoni sifatida tanlab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют