» » Samarqand shahrida o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joyga ega bo‘lgan 40 nafar fuqaroga egalik huquqi berildi

Samarqand shahrida o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joyga ega bo‘lgan 40 nafar fuqaroga egalik huquqi berildi


Samarqand shahar hokimligida 40 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joy binolariga hokimning mulk huquqini e’tirof etish yuzasidan qarorlari topshirildi. Tadbirda Samarqand shahar hokimi F.Rahimov, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Xalilov va Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.Turabov ishtirok etdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan joylarda aholi bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazilib joyida aniqlangan holatlar yuzasidan sayyor uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Aksiya doirasida o‘tkazilayotgan sayyor uchrashuvlar va boshqa targ‘ibot tadbirlari natijasida bugunga qadar viloyat bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 8 801 ta ariza qabul qilingan bo‘lib, ulardan 1 139 tasiga mulk huquqini e’tirof etish yuzasidan hokim qarori chiqarildi. Qolgan 1 440 tasi ma’lum sabablarga ko‘ra rad etilgan va 4 603 tasi komissiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida turibdi.

Fuqarolar o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joy binolariga va imoratlarga nisbatan yuridik maqom ya’ni egalik huquqini e’tirof etish maqsadida hududlardagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi mumkin. Mazkur murojaat bepul va murojaat qilingan sanadan boshlab 11 kun muddatda tuman (shahar) hokimliklari qoshida tuzilgan ishchi komissiya a’zolari tomonidan o‘rganib chiqiladi va ijobiy xulosa berilganidan so‘ng hokim qarori chiqarilishi uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют