» » YuNISEF Toshkentda “Tashabbus bolalar qo‘lida” aksiyasini o‘tkazmoqda

YuNISEF Toshkentda “Tashabbus bolalar qo‘lida” aksiyasini o‘tkazmoqda


Toshkentda YuNISEF tomonidan Butunjahon bolalar kuniga atab tashkil qilingan “Tashabbus bolalar qo‘lida” aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekistondagi YuNISEF vakolatxonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Maktab o‘quvchilari, shu jumladan, Daun sindromli bolalar, OITV bilan yashovchi bolalarni qo‘llab-quvvatlash guruhi ko‘ngillilari va ularning ota-onalari O‘zbekistondagi Shveysariya elchixonasiga tashrif buyurib, u yerda Shveysariya elchisi Olivye Shav bilan uchrashdi.

“Biz bizni tinglashlari uchun elchixonaga ketyapmiz. Ishonchim komilki, jamiyatimiz nogironligi bor shaxslarni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak, — dedi bolalardan birining onasi. — Nogironligi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari doimiy ravishda muhokama qilinishiga qaramay, jamiyatda hamon ularga nisbatan stigmatizatsiya va dushmanlarcha munosabat mavjud”.

OITV bilan yashovchi bolalarni qo‘llab-quvvatlash guruhi ko‘ngillilari elchiga maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari orasida OITV haqida xabardorlikni oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari haqida gapirib berdi. Ular bunday bolalarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish muhimligini qayd etdi.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingan kunga bag‘ishlangan Butunjahon bolalar kunida global tashabbusni qo‘llab-quvvatlash uchun YuNISEF bir nechta elchixonalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkentda “Tashabbus bolalar qo‘lida” aksiyasini o‘tkazmoqda.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya 1989-yil 20-noyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan.

193 ta mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyada 18 yoshgacha bo‘lgan har bir inson jinsi, kelib chiqishi, dini va sog‘lig‘idagi cheklovlarga qaramay alohida g‘amxo‘rlik va himoyaga muhtojligi aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют