» » Namangandagi Eyfel minorasining nusxasi o‘rnatilgan joyda zamonaviy kinoteatr ishga tushadi (foto)

Namangandagi Eyfel minorasining nusxasi o‘rnatilgan joyda zamonaviy kinoteatr ishga tushadi (foto)


Namangan shahrining 5-kichik tumanidagi Eyfel minorasi nusxasi o‘rnatilgan savdo markazi yaqinida zamonaviy kinoteatr ishga tushadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Minora balandligi 19 metr bo‘lib, metall instruksiyalar yordamida tayyorlangan.

— Minorani barpo etishdan asosiy maqsad shahar ko‘rkamligini oshirishga hissa qo‘shish, qolaversa, yangi majmuamizga odamlarni jalb etishdan iborat. Buyerda qahvaxona, muzqaymoq shoxobchasi bo‘ladi, qolaversa, zamonaviy kinoteatr ishga tushirilishi mo‘ljallangan. Bilasiz, kino asoschilari hisoblanadigan aka-uka Lyumyerlar Parijdagi Kaputsinlar xiyobonida ilk kinoseansni namoyish qilgan. Shu sabab bu yerda Parij ramzi sanaladigan Eyfel minorasining kichik nusxasini barpo etishga qaror qildik, — deydi xususiy tadbirkor Sanjar Mahmudov.

Minora yaqin orada musiqali chiroqlar bilan bezatilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют