» » Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi


Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mamlakatda fuqarolarga turli ijtimoiy munosabatlarda qulaylik yaratish, ularning og‘irini yengil qilishga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Davlat xizmatlari markazi qisqa muddatda fuqarolarga bir joyning o‘zida qulay, ortiqcha vaqt va xarajat sarflamay xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylandi.

Markaz zali bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar, xizmatlarni onlayn tarzda olish imkonini beradigan infokiosklar, u yoki bu davlat xizmatidan foydalanish jarayoni, elektron navbat ko‘rsatilgan qog‘ozchani olish, qaysi oynaga murojaat qilish lozimligi haqida tushuntirish beradigan maslahatchilar, shuningdek, kutish joylari tashrif buyuruvchilarni mamnun etmoqda. Ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, to‘lovlar uchun maxsus kassa, davlat xizmati jarayoni va navbat ro‘yxatini namoyish etadigan monitor, naqd pul qilish mumkin bo‘lgan bankomat ishlab turibdi.

Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Xolovning ta’kidlashicha, markazda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turi tobora ko‘paymoqda. Yangilangan binoda imkoniyatlar doirasi kengligi bois, bu yerda ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 100 dan oshdi. Eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, biometrik pasport olish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat berish hujjatlarini rasmiylashtirish, FHDYo va notariat organlari tomonidan taqdim etiladigan va boshqa xizmatlar mavjud.

– Ilgari bo‘sh o‘rin bor-yo‘qligini surishtirish uchun ham vaqt sarflashga to‘g‘ri kelgan, – deydi fuqaro Dilshoda Muqimova. – Endi bunga hojat qolmadi. Farzandimni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish maqsadida Buxoro shahar Davlat xizmatlari markaziga murojaat qildim. Tezda hal bo‘ldi. Yashash joyimiz yaqinidagi bog‘chaga yo‘llanma berishdi. Ishim oson bitgach, markazdagi boshqa xizmatlar bilan ham tanishdim. Bu yerda avtomobil raqamlarini berish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgani juda yaxshi ish bo‘libdi. Aytishlaricha, bu amaliyot mamlakatda birinchilardan bo‘lib shu yerda joriy etilibdi. Shuningdek, markazdagi elektron kutubxona, bepul Wi-Fi xizmati odamlarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Markazning yangi binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev, O‘zbekiston Respublika Adliya vaziri R.Davletov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют