» » Sirdaryo hokimi G‘ofurjon Mirzayev viloyat ijodkorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda sho‘r bosgan kanallarga shirinmiya ekish taklif qilindi

Sirdaryo hokimi G‘ofurjon Mirzayev viloyat ijodkorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda sho‘r bosgan kanallarga shirinmiya ekish taklif qilindi


Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Guliston shahrida fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Viloyat hokimi ijtimoiy soha vakillari bugungi kun talabi darajasida ish olib bormayotgani, jumladan, umumta’lim maktablarida ta’lim sifati ko‘ngildagidek emasligi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida davomat pastligi, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda ham qator kamchiliklar mavjudligini qayd etdi.

Ochiq muloqotda soha vakillari yechimini kutayotgan muammolar xususida fikr bildirdi, ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi. Xususan, sho‘r bosgan kanal va daryo bo‘ylariga shirinmiya ekilib, mahsulotni qayta ishlash yo‘lga qo‘yilsa, yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilishi, jahon bozorida xaridorgir bu mahsulot eksportidan katta foyda olish mumkinligi aytildi.

Shuningdek, o‘quv muassasalarida ta’lim sifatini oshirish borasida aniq takliflar bildirildi. Bosma nashrlar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, nashrlar obunasini oshirish, yosh ijodkorlar asarlarini chop etish, madaniyat, san’at vakillari, sportchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida ham so‘z yuritildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют