» » Samarqandda suvga mas’ullar javobgarlikka tortildi

Samarqandda suvga mas’ullar javobgarlikka tortildi


Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat havfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-sentabrdagi “2019-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Samarqand viloyatida muntazam nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan ikki nafar mas’ul shaxs ogohlantirilib, bir nafar shaxs intizomiy, 33 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Xususan, Narpay tuman irrigatsiya bo‘limi muhandis-gidrotexnigi E.Jo‘raqulov o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan holda o‘ziga biriktirilgan “Mashina” kanalidagi taqsimot hisobini to‘g‘ri yuritmaganligi aniqlangan. E.Jo‘raqulov g‘alla ekinlarini sug‘orish uchun ajratilgan suvni nazoratsiz qoldirganligi sababli unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilgan.

Urgut tumani irrigatsiya bo‘limiga qarashli “Navro‘z” kanali boshlig‘i Sh.Xalilov kanalning suv o‘lchagichi uskunasi yo‘qligi sababli g‘alla maydonlarini sug‘orish uchun ajratilgan suvni belgilangan miqdorda bermaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 76-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan. “Yangi Urgut” kanali nazoratchisi B.Sheraliyevga nisbatan suvni belgilangan me’yordan kam miqdorda berganligi sababli ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Samarqand tumanidagi “Zohidov Hakim ne’matlari” fermer xo‘jaligi raisi S.Zohidov, “Ohalik sut mahsulotlari” fermer xo‘jaligi raisi B.Bekchanov, “Sardorbek agro sahovat” fermer xo‘jaligi raisi S.Zokirovlar g‘allani sug‘orishda e’tiborsizlik qilganligi, g‘alla maydonlari hududidagi ichki ariqlar tozalanmaganligi sababli suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ygan. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi.

2019-yil hosili uchun 9 597 ta fermer xo‘jaligining 103 930 gektar sug‘oriladigan maydonlariga ekilgan g‘alla parvarishida agrotexnik tadbirlarga qat’iy amal qilish, sug‘orishda suvdan oqilona foydalanish, dala boshiga mahalliy o‘g‘it chiqarish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish singari masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 1) ( 83) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...