» » Berdax Saparov Qo‘ng‘irot tumani hokimi etib tayinlandi

Berdax Saparov Qo‘ng‘irot tumani hokimi etib tayinlandi


Berdax Saparov Qo‘ng‘irot tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi axborot xizmati rahbari Chorjav Elmuratov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

U shu paytgacha Xorazm viloyati hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan.

2016-yilning oktabr oyidan Qo‘ng‘irot tumanini boshqarib kelgan Sharaprashid Temirbayev faoliyatini ichki ishlar tizimida davom ettirishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qoraqalpog‘istonning To‘rtkul tumaniga ham hokim tayinlangani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют