» » Bozorlardagi narx-navo: eng arzon mol go‘shti — Nukus Markaziy dehqon bozorida, eng qimmat guruch — Chorsu bozorida

Bozorlardagi narx-navo: eng arzon mol go‘shti — Nukus Markaziy dehqon bozorida, eng qimmat guruch — Chorsu bozorida


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishni davom etadi, deb yozadi O‘zA.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018-yil 18-noyabr holatidagi narxlari bilan tanishing.

26 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha

Mamlakat bozorlarida oldingi haftada kuzatilganidek, 1 kg mol go‘shti 26 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar o‘tgan haftada bo‘lgani kabi bu haftada ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgandi. 1 kg mol go‘shtining narxi 26 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 28 000 – 45 000 so‘m.

28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha

Bu haftada narxlar o‘zgarishsiz qolgan.

Poytaxt bozorlarida 1 kg qo‘y go‘shti 28 000 – 40 000 ming so‘mgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da  – 1 kg qo‘y go‘shti narxi 28 000 – 39 000 so‘m.

Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg qo‘y go‘shti 42 000 – 44 000 so‘m.

11 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 17 000 – 20 000 so‘m

Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 11 000 – 15 000 so‘m

Poytaxt bozorlarida 1 kg tovuq go‘shtini o‘rtacha 16 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

3 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha

Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi.

Eng qimmat narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) – 6000 – 14 000 so‘m.

Eng arzon narx Samarqand shahri “Siyob” bozori – 3000 – 9000 so‘m (o‘tgan haftadagi narx saqlanib qolgan).

8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha

Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8000 – 10 500 so‘m.

Eng qimmat narxlar “Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri) 12 500 so‘mgacha (o‘tgan haftadagi narx saqlanib qolgan).

1 500 so‘mdan 3 600 so‘mgacha

O‘tgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 2500 – 3500 so‘m.

4 100 so‘mdan 5 200 so‘mgacha

Eng qimmat narx Jazzax shaxri Markaziy dehqon bozorida – 5000-5500 so‘m.

Eng arzon narx “Farhod” dehqon bozori  (Toshkent shahri)da – 4100 – 4600 so‘m.

450 so‘mdan 700 so‘mgacha

Kuzatishlar bu haftada ham tovuq tuxumining narxida o‘zgarishlar bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda.

Mamlakat bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450-700 so‘mdan xarid qilish mumkin.

1 200 so‘mdan 3 000 so‘mgacha

Kartoshkaning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon narx “Yunusobod dehqon bozori” (Toshkent shahri)da – 1200 so‘mdan 2500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx – mamlakatning aksariyat bozorlarida 1 kg kartoshka 3000 so‘mgacha.

1 500 so‘mdan 9 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 1500 so‘mdan 3000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hamda Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 5000 – 9000 so‘mgacha.

1 250 so‘mdan 4 000 so‘mgacha

O‘tgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.

Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori – 1250 so‘mdan 1800 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Guliston shahri Markaziy dehqon bozori – 2000 – 4000 so‘mgacha.

Mamlakat aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют