» » O‘zbekiston OTJ Kuvaytni mag‘lub etib, Dubai Cup musobaqasida chempion bo‘ldi?

O‘zbekiston OTJ Kuvaytni mag‘lub etib, Dubai Cup musobaqasida chempion bo‘ldi?


20-noyabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Dubai Cup musobaqasining so‘nggi turida Kuvaytga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona golni esa 27-daqiqada Mirjahon Mirahmadov kiritdi.

Mazkur g‘alaba Ravshan Haydarov shogirdlariga guruhda birinchi o‘rninni qo‘lga kiritish imkonini berdi. Sababi Yaponiya terma jamoasi 3-turda BAAga qarshi o‘yinda 1:1 hisobida durang qayd etdi. 3 ta o‘yinda 2 ta durang va bitta g‘alaba qozongan yaponiyaliklarning ochkolari soni 5 taga yetdi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa Yaponiya bilan 2:2 hisobida durangga erishib, BAAni 2:0, Kuvaytni esa 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda 7 ochko to‘pladi va Dubai Cup xalqaro musobaqasining g‘olibiga aylandi.

Dubai Cup

20-noyabr, seshanba

Kuvayt – O‘zbekiston 0:1

Gol: 1:0 — 27 Mirjahon Mirahmadov.

O‘zbekiston: 1. Ergashev Umid, 15. Nasrullayev Sherzod, 4. Qobilov Islom, 20. G‘ofurov Husniddin, 3. Alijonov Hojiakbar (19. Rustamov Oybek), 5. Ismoilov Abror (22. Umirov Davron), 6. Urunov Oston (10. Qodirqulov Sanjar), 17. Kenjaboyev Islom (14. Amonov Azizbek), 11. Rashidxonov Islom (8.To‘xtasinov Nurillo), 7. Nurilloyev Suxrob (16.Saitov Dilshod), 9. Mirahmadov Mirjahon (2. Aliqulov Husniddin).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют