» » Respublikaning 157 ta tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini quritish korxonalari tashkil qilinadi

Respublikaning 157 ta tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini quritish korxonalari tashkil qilinadi


Respublikada 2019–2020-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq:

2019–2020-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar maqsadli ko‘rsatkichlari;

2019-yilda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish korxonalarini tashkil qilishning manzilli dasturi tasdiqlandi.

Qaror bilan tasdiqlangan dastur doirasida umumiy qiymati 818 mln 367 ming dollar miqdoridagi jami 28 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bu orqali esa 156 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini quritish bo‘yicha 2020-yilda jami 157 ta tumanda 77 ta loyihaning amalga oshirilishi rejalashtirilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют