» » O‘zbekistonda yana bir futbol ligasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda yana bir futbol ligasi tashkil etiladi


O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan 2019-yilgi mavsum uchun musobaqalar uchun ishlab chiqilgan reglament O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlandi.? Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” nomli reglament futbol klublarini 2019-yilgi mavsum uchun tayyorlab boradi.

Qayd etilishicha, kelasi mavsumdan boshlab PFL doirasidagi musobaqalar sonining yana 1 taga oshadi. Litsenziyalash reglamentida Superliga va Pro-liga qatorida, kelasi yildan boshlab tashkil etiladigan 2-liga uchun talablar ham aks etgan. Shu vaqtgacha 2-liga sifatida tushunib kelingan va viloyat futbol federatsiyalari tomonidan o‘tkazilgan 2-liga musobaqalari esa endi rasman 3-liga nomini oladi.

Professional futbol ligasi bugun, 21-noyabr kuni yuqoridagi reglamentni Superliga va Pro-liga klublariga elektron tarzda yetkazib beradi. Shuningdek, reglament futbol jamoatchiligi uchun ham taqdim etiladi. Tez kunlarda litsenziyalash bo‘yicha reglament kitobcha holida ham chop etiladi.

Mazkur reglamentdagi e’tiborga molik jihatlar haqida bosqichma-bosqich ma’lumot berib boriladi. U Osiyo futbol konfederatsiyasining klublarni litsenziyadan o‘tkazish talablari asosida ishlab chiqilgan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют