» » “O‘zbektelekom”: 1-dekabrdan internet tezligi va trafik hajmi oshiriladi

“O‘zbektelekom”: 1-dekabrdan internet tezligi va trafik hajmi oshiriladi


“O‘zbektelekom” shu yilning 1-dekabridan amaldagi tarif rejalariga internet tezligini va taqdim etilayotgan trafik hajmini oshirishini ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.

““O‘zbektelekom” doimiy ravishda telekommunikatsiya xizmatlari sifati va hajmini oshirish yo‘lida faol izlanishlar olib bormoqda. Kompaniya mutaxassislari telekommunikatsiya xizmatlari bozorini har tomonlama tahlil qilib, Uzonline abonentlari uchun mavjud yechimlar va foydalanuvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi takliflar ishlab chiqmoqda.

Joriy yilning 1-dekabridan Uzonline amaldagi tarif rejalariga internet tezligini va taqdim etilayotgan trafik hajmini oshirgan holda o‘zgartirishlar kiritilayotganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi kompaniya xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют