» » O‘zbekiston bo‘yicha metan gaz narxlari pasaydi

O‘zbekiston bo‘yicha metan gaz narxlari pasaydi


Gaz quyish shoxobchalari narxlarni o‘zboshimchalik bilan ko‘targan, ular o‘zlari xohlagan narxlarini qo‘yib sotayotgan edi. O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA) O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tahlil buni fosh etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hududlardagi gaz quyish shoxobchalarida sotilayotgan metan gaz narxlari tahliliga doir materialga javoban O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari orqali realizatsiya qilinayotgan tabiiy gaz narxini oshirishga asos yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Unga ko‘ra, shu yilning 16-noyabriga qadar gaz-zapravkalarga yetkazib berilayotgan 1 kubometr tabiiy gazning narxi — 789 so‘m 74 tiyin (buning 289,74 tiyini — tabiiy gazning ulgurji sotish narxi, 500 so‘mi — maxsus investitsiya ustama haqi).

Moliya vazirligi gaz-zapravkalar tomonidan narxning 17 foizga oshirilgani asossiz ekanini bildirdi. Agar narxlar 15-noyabrgacha bo‘lgan holatga qaytmasa, tegishli sanksiyalarni ko‘rishga majbur bo‘linishi ma’lum qilindi.

Agar biror bir hududda metan gaz narxlari davlat tomonidan belgilangan narxlardan yuqori baholarda sotilayotgan bo‘lsa, O‘zA rasmiy sayti – uza.uzga yoki O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilish so‘raladi. Ayni paytda butun respublika bo‘yicha mutasaddi idoralarning bu boradagi nazorati kuchaytirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют