» » Nissan va Renault sobiq rahbari hibsga olinishidan avval kompaniyalarni birlashtirishni rejalashtirgan

Nissan va Renault sobiq rahbari hibsga olinishidan avval kompaniyalarni birlashtirishni rejalashtirgan


Nissan va Renault’ning hibsga olingan sobiq rahbari Karlos Gon ikki kompaniyani birlashtirishni rejalashtirgan, biroq yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi direktorlar kengashi shartnomaga qarshi bo‘lgan va uni to‘xtatish yo‘llarini qidirgan. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Nissan direktorlar kengashining a’zolari taklif yaqin oylarda qilinishini kutgan.

20 yil ilgari Renault va Nissan alyansini shakllantirishda kompaniyalar aksiyalariga egalik qilishning kesishma tizimi o‘ylab chiqilgan edi, keyinchalik ularga Mitsubishi qo‘shilgan. Hozida Nissan va Fransiya hukumati Renault’ning taxminan 15 foizdan aksiyasiga egalik qiladi. Unga esa Nissan’ning 43 foiz aksiyalari tegishli. Nissan Mitsubishi’ning ham 34 foiz aksiyalarini nazorat qiladi.

Oxirgi vaqtlarda Fransiya hukumati Gon ketgandan so‘ng alyansni saqlab qolish uchun avtokonsernlarni yanada yaqinlashtirish niyatida bo‘lgan. Biroq Yaponiya tomonining ma’lum bir qarshiliklari bo‘lgan.

“Nissan direktorlar kengashi kompaniya maqomini ikkinchi eshelon sifatida mustahkamlovchi har qanday qayta tashkil etishga qarshi qat’iy kurashishini ma’lum qilib kelgan”, — deydi nashr manbalaridan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют