» » Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi oldidan brifing o‘tkazildi

Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi oldidan brifing o‘tkazildi


Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan joriy yilning 22—23-noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi, deb yozadi O‘zA.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Xalqaro press-klub tomonidan ushbu yirik forum oldidan brifing tashkil etildi.

Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Mixael Myoller, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Helena Freyzer, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Rishard Komenda, YeXHT demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining demokratlashtirish masalalari bo‘yicha departamenti rahbari Marchin Valeski ishtirok etdi.

Nufuzli tadbirda BMT, YeXHT, IHT kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlar parlamentlari a’zolari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va nodavlat notijorat tashkilotlari faollari, ekspertlar ishtirok etadi. Forum ishini mahalliy va xorijlik jurnalistlar yoritib boradi.

Forum sessiyalari “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi merosi —  universallik va inson huquqlari”, “Inson huquqlari — Barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlash asosi sifatida”, “Inson huquqlari sohasi ta’limi: innovatsiyalar va yangi da’vatlar”, “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning inson huquqlari hurmat qilinishi, himoya etilishi hamda ularga rioya qilinishini ta’minlash masalalarida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi” deb atalgan bo‘lib, ularda muayyan mavzular bo‘yicha muloqot olib boriladi.

Forum ishida inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mavjud mexanizmlarni yanada takomillashtirish va yangilarini ta’sis etish, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. Ushbu yakuniy hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada samarali bajarishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют