» » 2020-yil yakuniga qadar QQSning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinishi kutilmoqda

2020-yil yakuniga qadar QQSning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinishi kutilmoqda


2019-yil 1-yanvardan boshlab o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadi. Bu haqda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu yangilik joriy yilning 21-noyabrida Farg‘ona shahrida viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarning asosiy mavzusi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi va Davlat soliq qo‘mitasidan tajribali mutaxassislar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.

Tadbirda soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan joriy etilayotgan o‘zgarishlar, xususan, 2018-yil yakuniga ko‘ra, mahsulot sotish yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan mikrofirma va kichik korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashning umumbelgilangan tartibiga o‘tkazilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Amaldagi va soliq siyosati konsepsiyasida belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkalari soliq solinadigan oborotning barcha turlari bo‘yicha (ichki va import) 20 foiz, eksport va ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatdagi oborotlar uchun 0 foiz ekanligi ta’kidlandi.

“2020-yil yakuniga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘ining soddalashtirilgan tartibini joriy qilish kutilmoqda, — deydi Davlat soliq qo‘mitasi bosh inspektori Komil Saidov. — Unga ko‘ra, QQSning soddalashtirilgan tartibida sohalar bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanadi va ular bo‘yicha QQSning hisobga olish mexanizmi bekor qilinadi. Tovar aylanmasi 3 milliard so‘mgacha bo‘lgan korxonalar QQSning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega bo‘ladi”.

Amalga oshirilishi kutilayotgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining soddalashtirilgan tartibiga ko‘ra, QQSning stavkasi chakana savdo uchun 5 foiz, umumiy ovqatlanish shahobchalariga 8 foiz, dorixona muassasalariga 3 foiz etib belgilanishi mumkinligi ishtirokchilarning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют