» » Saudiya Arabistoni neft qazib olish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Saudiya Arabistoni neft qazib olish bo‘yicha rekord o‘rnatdi


Saudiya Arabistoni noyabr oyining boshida sutkasiga 10,8—10,9 million barrel neft qazib oldi. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Bunda ba’zi kunlarda bozorga yetkazib berillgan neft miqdori ichki va tashqi zaxiralar hisobiga sutkasiga 11 million barreldan oshgan.

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni neft qazib olishni tarixiy maksimum darajaga yetkazgan. Oldingi rekord 2016-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, sutkasiga 10,72 million barrelni tashkil qilgan. 2017-yilning yanvar oyida neft qazib olish hajmi 9,8 million barrelgacha tushgan.

Saudiya Arabistoni tomonidan OPEKka taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat oktabr oyida sutkasiga 10,65 million barrel neft qazib olgan. Biroq mamlakat energetika vaziri Xolid bin Abdul Aziz al-Falohning ma’lum qilishicha, noyabr oyida neft qazib olish oktabr oyiga nisbatan o‘sadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют