» » O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini himoya qilish tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini himoya qilish tizimi takomillashtiriladi


“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror axborot sohasida yagona davlat siyosati ro‘yobga chiqarilishining samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi nazorat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingani izohlangan.

Hujjat bilan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, davlat unitar korxonasi shaklida Texnik ko‘maklashish markazi va

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi tashkil etildi.

2019-yil 1-yanvardan:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar, himoya vositalari va boshqa texnik vositalarga texnik topshiriqlar bo‘yicha xulosalar Texnik ko‘maklashish markazi bilan majburiy tartibda kelishilishi;

Davlat organlari va tashkilotlarining axborotlashtirish obyektlarida (davlat sirlari bundan mustasno) joriy etiladigan va foydalaniladigan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlar majburiy ravishda Markazda attestatsiya va ekspertizadan o‘tkazilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют