» » Xitoyda qirg‘izlar ommaviy ravishda qo‘lga olinib, “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”ga yuborilmoqda

Xitoyda qirg‘izlar ommaviy ravishda qo‘lga olinib, “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”ga yuborilmoqda


Xitoyning 1500 ga yaqin qirg‘izlar yashovchi Kayiz qishlog‘ida qariyb 300 kishi qo‘lga olindi, deb yozadi KNews .

Qirg‘izistondagi xitoylik qayrilmanlar (Qirg‘iziston hududiga ko‘chib o‘tgan yoki ko‘chib o‘tish istagida bo‘lgan etnik qirg‘izlar) etnik qirg‘izlar qo‘lga olinib, “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari”ga jo‘natilayotganini ma’lum qilmoqda. Ularning fikricha, bular lagerlar emas, balki mahbuslar qiynoqqa solinadigan qamoqxonalardir.

Xitoylik qirg‘izlar so‘zlariga ko‘ra, odamlar ommaviy ravishda va asossiz tarzda qo‘lga olinmoqda. Sinszyandagi olimlar ham hibsga olinayotgani haqida xabarlar bor.

Qirg‘iziston hukumati xitoylik qirg‘izlar muammosiga ko‘z yumayotgani aytilmoqda. Rasmiy hukumatdan javob ololmagach, qayrilmanlar Qozog‘istonning “Ata-Jurt yosh ko‘ngillilari” tashkilotiga murojaat etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют