» » Nissan-Renault rahbari o‘z yordamchisiga to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirishni buyurgan

Nissan-Renault rahbari o‘z yordamchisiga to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirishni buyurgan


Nissan-Renault alyansi rahbari Karlos Gon o‘z yordamchisiga to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqlar bergan, deb yozadi “Vesti.ru”.

Yaponiyaning “Asaxi” gazetasi xabariga ko‘ra, tekshiruv doirasida ushbu faktni tasdiqlovchi elektron xatlar topilgan. Karlos Gon va Greg Kelli 19-noyabr, dushanba kuni qo‘lga olingan.

Tokio prokuraturasidan da’vo qilishlaricha, besh yil mobaynida Gon Nissan’dan mukofot puli sifatida qariyb 10 milliard iyena olgan ammo soliq deklaratsiyasida summani ikki marta kamaytirib ko‘rsatgan.

Ayni paytda korrupsiya mojarosining har ikkala ishtirokchisi ham hibsda saqlanmoqda, ularning hibs muddati yana o‘n kunga uzaytirildi.

Avvalroq Nissan avtokonsernining hibsga olingan rahbari Karlos Gon kompaniya mablag‘i hisobiga hashamatli uylar xarid qilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют