» » “Arsenal” va “Tottenhem” Liga 1’da porlayotgan Pepe uchun kurashadi

“Arsenal” va “Tottenhem” Liga 1’da porlayotgan Pepe uchun kurashadi


Fransiyaning “Lill” klubi hujumchisi Nikolya Pepe hamon Londonning “Arsenal” klubi qiziqishlari doirasida turibdi, deb xabar beradi The Times.

London klubi 23 yoshli futbolchini yanvarda ochiladigan qishki transferlar oynasi vaqtida sotib olishni reja qilmoqda. “Kanonirlar” Pepeni jarohat olgan Denni Uelbekka o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Pepening transferi 30 million yevro atrofida baholanmoqda. Unga, shuningdek, “Tottenhem” ham da’vogarlik qilmoqda.

Joriy mavsum Pepe Fransiya chempionatining 13 ta o‘yinida qatnashib 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют