» » “El-yurt umidi” jamg‘armasi talabalarning Germaniyaga stajirovka dasturi uchun tanlov e’lon qildi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi talabalarning Germaniyaga stajirovka dasturi uchun tanlov e’lon qildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qo‘mitasi bilan hamkorlikda tanlov e’lon qildi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

“Magistratura talabalari uchun stajirovka dasturi - 2019!” tanlovi tashkilotchisi Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qo‘mitasi (GFR) hisoblanadi.

Milliy hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Germaniya iqtisodiyotining sharqiy qo‘mitasi bilan O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari magistratura talabalarining Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida stajirovka dasturini amalga oshiradi. Dasturga muvofiq, amaliyot Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish, shuningdek, magistratura talabalarining malakasini oshirish orqali o‘zbek-german biznes aloqalarini mustahkamlash, ularning nazariy bilimlarini Germaniya yetakchi kompaniyalarida amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan. Nomzodlar tanlov asosida saralanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra, muvaffaqiyatga erishgan nomzodlar nemis kompaniyalaridan birida amaliyot o‘tashga taklif qilinadi.

Stajirovka dasturi uchun o‘rin: 30 tagacha

“El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekistondan Germaniyaga borib-kelish, shuningdek, aeroportdan stajirovka joyigacha bo‘lgan transport xarajatlarini qoplaydi. Viza ko‘magi esa Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Amaliyot davrida yashash bilan bog‘liq xarajatlar (turar joy, sug‘urta, oylik ish haqi, bonuslar) nemis kompaniyalari zimmasida bo‘ladi.

Tanlov uch bosqichda: ariza berish, Toshkentda suhbat va kompaniya vakillari bilan suhbat tarzida o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda nomzod tomonidan ariza beriladi, so‘rovnoma to‘ldiriladi va kerakli hujjatlar topshiriladi.

Dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar keyingi bosqichda, ya’ni suhbat jarayonida ishtirok etishadi.

Oxirgi bosqichda suhbatdan o‘tgan nomzodlar Germaniya kompaniyalariga stajirovkaga joylashtiriladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1. Dastur faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun mo‘ljallangan.

2. Ingliz yoki nemis tillarida ravon so‘zlasha olishi;

3. Nomzodning yoshi 22 yoshdan kam bo‘lmasligi lozim.

4. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari magistratura talabalari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliyot dasturlarida ishtirok etishi mumkin:

-iqtisodiyot;

-biznes-boshqaruv;

-muhandislik (sanoat, fuqarolik, texnologiya, elektro-texnika, mexanika, energetika, konchilik, aerokosmik tarmoqlarda )

-huquq;

-Axborot-texnologiyalari;

-buxgalteriya;

-arxitektura;

-iqtisodiy jurnalistika

Arizalar 26-noyabrdan 17-dekabrgacha qabul qilinadi.

Stajirovka 2019-yil aprel oyining oxiri yoki may oyida boshlanadi.

26-noyabrdan boshlab “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz va Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo‘mitasining www.oaoev.de veb-saytlarida onlayn ariza to‘ldirish uchun havolalar joylashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют